"Atletiko" Eriksenga 70 million evro taklif qildi

Alisher
20 iyul 2019, 17:07
"Atletiko"ga "Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen kerak.

Madridliklar "shporlar" xavbekiga qiziqish bildirishmoqda va futbolchi uchun 70 million evro taklif qildi.

Daniyalik futbolchining agenti futbolchi uchun klub qidirish harakatiga tushgan. "Real"ning qiziqish bildirishiga qaramay unga aniq bir taklif kelib tushmayotgan edi.

Eriksenning "Tottenxem" bilan imzolagan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so'ng yakuniga etadi.

Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 49ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 13ta assistga erishgan.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: beIN Sports