"Atletik" va "Barselona" o'rtasidagi Ispaniya Kubogi finali "Kamp Nou"da bo'ladi

Aslanov Jasurbek
26 mar 2015, 15:45
Ispaniya futbol federatsiyasi chorshanba kuni Bilbaoning "Atletik" va Kataloniyaning "Barselona" klublari o'rtasidagi mamlakat Kubogi finali o'tadigan joy haqida kelishib oldi.

Qirol Kubogi final bahsi 30 may kuni ko'k-anorranglilarning stadioni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi. Bu haqda "Barselona"ning "Feysbuk"dagi rasmiy sahifasi ma'lum qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia