Arturo Vidal A Seriyaga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
21 iyul 2018, 11:25
"Bavariya" yarim himoyachisi Arturo Vidal "Inter"ga o'tishi mumkin.

TMW xabariga ko'ra, "Inter"dagilar Raja Nainggolan bilan chililik futbolchining markazdagi tandemini hosil qilishmoqchi.

Oldinroq Vidal yiliga 7,3 mln evrolik maosh evaziga boshqa jamoaga o'tishga tayyorligi borasida ma'lumotlar tarqagandi. Shunday bo'lgan taqdirda u "Inter"da eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TMW