Artur kelsa "Barselona"ni Yerri Mina tark etadi

Aslanov Jasurbek
13 mar 2018
"Barselona" himoyachisi Yerri Mina faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

Oldinroq, "Barselona" yozda "Gremio" yarim himoyachisi Artur Ramosni sotib olishi e'lon qilingan edi. Agar ushbu xarid amalga oshsa, jamoada Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan bo'lmagan futbolchilar soni ko'payib ketadi. Ayni damda Kataloniya klubi safida 5 nafar futbolchi Evro Ittifoq davlatidan emas: Lionel Messi, Filippe Koutino, Yerri Mina, Paulino va Luis Suares. Klub rahbariyati Messi, Suares, Koutino va Paulinodan ajralmoqchi emas. Ispan grandidagilarda Minani sotib yuborish g'oyasi yo'q. Rahbariyat uni ijaraga berish uchun klub qidiradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca.net