"Arsenal"ning yozgi transfer maqsadlari aniq

Sherzod Nurmatov
19 fev 2024
"Arsenal" yozda o'zining hujum chizig'ini kuchaytirishga e'tibor qaratmoqchi.

"Kanonirlar" "Brentford" hujumchisi Ayven Touni va "Vulverxempton" vingeri Pedru Netuni xarid qilmoqchi.

London klubi futbolchilar uchun taxminan 150 mln funt to'lashi kerak bo'ladi.

Shuningdek, "Arsenal" "Real Sosedad" yarim himoyachisi Martin Subimendi bilan shartnoma imzolashi mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun