"Arsenal"ga qarshi o'yinda "Liverpul"ning ikki muhim futbolchisi o'ynamaydi

Mirjalol Normatov
2 noya 2018, 19:57
"Liverpul" APLning 11-turi doirasida "Arsenal"ga qarshi bahs olib boradi.

"Jarohatdan tuzalish vaqtni oladi. Xenderson va Keyta maxsus jadval asosida tiklanishni davom ettirishmoqda", - dedi Klopp.

Keyta ushbu hafta oxirida, Xenderson esa keyingi haftaning boshida umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytishi kutilmoqda.

"Arsenal" - "Liverpul" uchrashuvi 3 noyabr kuni bo'lib o'tadi. Bu mavsumda 28 yoshli Xenderson "Liverpul" tarkibida 12, 23 yoshli Keyta esa 10 o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports