“Arsenal” yaqin 48 soat ichida navbatdagi transferni e'lon qiladi

Alisher
6 avg 2023, 09:50
“Arsenal” yaqin 48 soat ichida “Brentford” darvozaboni David Rayyani sotib olganini e'lon qiladi.

Kelasi yozda shartnomasi yakunlanadigan darvozabon uchun London jamoasi 23+3 million funt to'laydi. 27 yoshli darvozabon allaqachon “to'pchilar” bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan. 

Avvalroq “Brentford” darvozaboni uchun 40 million olishni reja qilgani xabar berilgandi. Biroq ispaniyalik jamoa bilan shartnomani uzaytirmasligi aniq bo'lganidan so'ng “Brentford” darvozabonini arzonroqqa sotishga rozi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com