"Arsenal" yana 5ta futbolchi sotib oladi?
Narzulla Saydullayev
25 avg 2013, 14:11
Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, "Arsenal" ustozi Arsen Venger shu yozda "kanonirlar" safiga ko'chib o'tishi mumkin bo'lgan 5ta futbolchini nomini aytdi.
Londonning "Chelsi" klubidan 15 million funtga Xuan Mata o'tadi. 40 million evaziga "Real"dan Anxel Di Mariya va Karim Benzema keladi. 27 million funt esa "Nyukasl" vakillari Tim Krul va Yoan Kabay uchun ishlatiladi.