"Arsenal" va APLning boshqa klublari Mudrik transferiga "Chelsi" aralashganidan norozi

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2023, 23:48
"Arsenal" va APLning bazi klublari "Chelsi"ning o'zini tutishidan norozi.
"Ko'klar" bugun "Shaxtyor"ga Mixail Mudrik borasida "Arsenal"dan yaxshiroq taklif yuborib, ukrainaliklarni 100 mln. evrolik transferga ko'ndirishgan edi.

22 yoshli futbolchi avvaliga "Arsenal"ni tanlayotgan edi, biroq "Chelsi"ga o'tishga rozi bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Chelsi" futbolchiga "Arsenal" taklif qilgandan ikki baravar ko'p maosh taklif qilishga tayyor bo'lgan.

"Arsenal" "Shaxtyor" talablariga javob bermadi, shu sababli ular "Chelsi" bilan bellashishmadi.

"Chelsi"ning "hamma ishlarga tiqilishi" "Arsenal" va boshqa klublarga yoqmayapti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Independent