"Arsenal" "Manchester Siti" himoyachisini nishonga oldi

Alisher
11 dek 2020, 13:13
"Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya faoliyatini boshqa bir ingliz klubida davom ettirishi mumkin.

19 yoshli futbolchining xizmatlariga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta uning transferini xohlamoqda.

Oldinroq "Barselona" klubi Erik Garsiyani ortga qaytarmoqchi ekanligi ma'lum bo'lgandi.

Himochi joriy mavsum manchesterliklar tarkibida barcha musobaqlarda 7ta o'yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun