"Arsenal" "Lids" xavbeki Rafinya uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
31 mar 2022, 16:28
"Lids" yarim himoyachisi Rafinya faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin.

Angliya klubi shartnomasida agar "Lids" APLda qola olmasa, o'yinchi boshqa jamoaga 30 mln evro evaziga o'tishi mumkinligi haqida band bor. Klub turnir jadvalida 16-o'rinda bormoqda.

"Barselona" xavbekning xaridi uchun asosiy da'vogar hisoblanadi.

Rafinya joriy mavsum "Lids" tarkibida 28ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 3ta assist qayd etdi. Braziliyalikning klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun