"Arsenal" Istanbulga bir qator yetakchilarsiz boradi

Narzulla Saydullayev
9 dek 2014, 08:32
"Arsenal" ustozi Arsen Venger YCHL 6-turidan o'rin olgan "Galatasaroy"ga qarshi o'yinga kuchsizlangan tarkib borishini ma'lum qildi.
"Kanonirlar" 1/8 finalga chiqish masalasini ijobiy hal qilib bo'lishdi. Jamoa guruhda birinchi o'rinni olishlari mumkin. Lekin Venger ikkinchi o'rindan ham qoniqmoqda va bir qator yetakchilarga dam bermoqchi.

"Bir qator yetakchilarimiz Turkiyaga uchmaydi, sababi so'nggi ikki hafta davomida juda toliqdik. Ularga biroz xordiq kerak".

"Aleksis (Sanches) Istanbulga uchmaydi, Koselnini ham maydonga tushirmoqchi emasman. Barchasi hal qilib bo'linganda nima uchun futbolchining sog'ligi bilan tavakkal qilishim kerak?", - deydi Venger Daily Star nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru