"Arsenal" hujumchisiga 7 ta klub da'vogarlik qilmoqda

Aslanov Jasurbek
22 avg 2017, 17:12
"Arsenal" hujumchisi Lukas Peres joriy transfer oynasi yopilguniga qadar London klubini tark etmoqchi.

Ispaniyalik forvardga 7 ta klub da'vogarlik qilmoqda.

Lukas xizmatlariga "Deportivo", "Nyukasl", "Everton", "Bayer", "Valensiya", "Levante", "Galatasaroy" qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o'zi "Deportivo"ga o'tish niyatida. So'nggi mavsum Peres APLning 11 ta uchrashuvida faqat 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Figaro