“Arsenal” Grilish uchun kurashga qo'shildi

30 iyul 2020, 08:05
“Aston Villa” yetakchisiga ko'plab klublar xaridor bo'lib turibdi.

Londonning “Arsenal” klubi Jek Grilish uchun kurashga qo'shildi. 24 yoshli futbolchiga da'vogarlar qatorida “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” ham bor. Qayd etilishicha, mazkur klublar Grilish uchun “Aston Villa”ga 50-60 mln funt to'lashga tayyor. Ammo klub uni 80 mln funtdan kamiga sotmoqchi emas.

Grilishning “Villa” bilan kelishuvi 2023 yil yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports