"Arsenal" "Brayton" yarim himoyachisini sotib oladi
Omonjon To`xtamirzayev
5 iyun 2023, 17:14
Yarim himoyachi Moyses Kaysedo yozda Londonning "Arsenal" klubiga o'tishga yaqin.
Manbaning xabariga ko'ra, 21 yoshli futbolchi "kanonirlar" bilan bo'lajak shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Futbolchi Chempionlar Ligasida o'ynayshni xohlaydi, shuning uchun avvalroq u "Chelsi" taklifini rad etgandi.