
“Qilgan ishlarimiz tarixda qoladi, tarix esa kitobga kiritilishi kerak. Bizning Fransiyada, tarixni nafaqat yaratish, balki kitobga muhrlash ham kerak degan gap bor.
Ser Aleksning kitobi – bu uning faoliyati mahsuli. Fikrimcha bu Angliyadagi muhim nashrlardan biri, chunki murabbiy 27 yil davomida “Manchester Yunayted”da ishladi va izlandi.
Ayni paytda shaxsiy kitob yozish niyatim yo'q. Biroq bir kun kelib ilhom kelsa yozarman. Ammo hozir emas.
Fergyuson o'z kitobida “Arsenal”ning transferi – bu mening eng kuchsiz tomonim ekanligini keltirib o'tgan. Lekin men faqatgina klubga foydasi tegadigan futbolchilarni chaqirishga harakat qilaman.
“Albatta, “Arsenal“ men kelishimdan oldin texnikasi past futbolchilar bilan ishlagan bo'lishi mumkin, lekin hozir vaziyat boshqacha”, - deydi Venger.