Argentinaning yakuniy tarkibi ma'lum, Ikardi JCH-2018da o'ynamaydi

Narzulla Saydullayev
21 may 2018, 21:30
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli JCH-2018ga boradigan 23 nafar futbolchi nomini e'lon qildi.

Nauel Gusman (Tigres), Xerman Peccelya (Betis), Ramiro Funes Mori (Everton), Adrian Senturion (Rasing), Leandro Paredes (Zenit), Enco Peres (River Pleyt), Rodrigo Battalya (Sporting), Pablo Peres (Boka Xuniors), Gido Pisarro (Sevilya), Diego Perotti (Roma), Lautaro Martines (Rasing Avelyaneda), Mauro Ikardi (Inter) kabi futbolchilar kengaytirilgan ro'yxatdan chiqarib tashlandi va Jahon chempionatiga borishmaydi.


Argentina JCH-2018da "D" guruhida Xorvatiya, Islandiya va Nigeriya bilan kurash olib boradi.

Darvozabonlar: Serxio Romero (Manchester Yunayted), Villi Kabalero (Chelsi), Franko Armani (River Pleyt);

Himoyachilar: Markos Roxo (Manchester Yunayted), Kristian Ansaldi (Torino), Federiko Fasio (Roma), Nikolas Otamendi (Manchester Siti), Markos Akunya (Sporting), Nikolas Talyafiko (Ayaks), Gabriel Merkado (Sevilya);

Yarim himoyachilar: Eduardo Salvio (Benfika), Maksimiliano Mesa (Independente), Xaver Maskerano (Xebey Chayna Forchun), Manuel Lansini (Vest Xem), Jovani Lo Chelso, Anxel Di Mariya (ikkisi – PSJ), Lukas Bigliya (Milan), Ever Banega (Sevilya), Kristian Pavon (Boka Xuniors);

Hujumchilar: Gonsalo Iguain, Paulo Dibala (ikkisi - Yuventus), Lionel Messi (Barselona), Serxio Aguero (Manchester Siti).



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/Argentina