
Hozirda bizning barcha diqqat e'tiborimiz "Stemford Brij"da bo'ladigan o'yinga qaratilgan. Biz finalga yo'l olishni istaymiz.
Birinchi uchrashuvdagi 0:0 hisobini ustunlik deya olmayman. Biz ertaga maydoning har bir qarich eri uchun katta kurash olib boramiz.
O'Z kuchimizga ishonamiz va Lissabondagi uchrashuvda ishtirok etish imkoniyatimizni amalga oshirmoqchimiz.
O'ylashimcha, Diego Simeone va Joze Mourinyo eng yaxshi murabbiylar qatorida. Bizning ustozimiz esa dunyoning eng yaxshi murabbiyi bo'lishi mumkin.