APLning fevral oyidagi eng yaxshi murabbiyi ham ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
8 mar 2019, 18:57
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning fevral oyidagi eng yaxshi murabbiyi nomiga sazovor bo'ldi.

Sitichilar o'tgan oy APL doirasida “Arsenal” (3:1), “Everton” (2:0), “Chelsi” (6:0) va “Vest Xem” (1:0) klublariga qarshi uchrashuvlarda zafar quchib, musobaqa jadvalida peshqadam bo'lib oldi.

Shuni qo'shimcha qilish kerakki, fevral oyida Gvardiola shogirdlari Angliya kubogining finalida “Chelsi”ni penaltilar seriyasida (4:3) mag'lub etib, bosh sovrin sohibiga aylangandi. Shuningdek, jamoa YCHL 1/8 finalining mehmondagi ilk o'yinida “Shalke” ustidan g'alabaga (3:2) erishgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: premierleague.com