APLda transfer oynasi shu haftadayoq ochiladi

Angliya Premer-ligasida yozgi transfer oynasi 17 may, payshanba kuni ochilishi e'lon qilindi.

FIFA qoidalariga ko'ra har bir liga bir yilda kamida bitta transfer oynasi ega bo'lishi va u 12 haftadan kam bo'lmagan muddatda ochiq turishi shart.

O'tgan 2017 yilda APL klublari o'zaro transfer bozori mamlakat chempionati boshlanishi arafasida yopilishiga kelishib olishgandi. Ushbu kelishuvga ko'ra yozgi transfer oynasi 9 avgust kuni yopiladi, chempionatning o'zi esa 11 avgust sanasida start oladi. 


Manba: