APLda ham 5ta o'zgarish qilishga ruxsat berildi

Alisher
4 iyun 2020, 18:47
2019/20 yilgi mavsum so'nggiga qadar APLda beshtagacha o'zgarish qilishga ruxsat berildi.

Bundan tashqari, Angliya Premer-ligasi rahbariyati zaxiradagi o'yinchilar sonini 7tadan 9tagacha ko'paytirdi.

O'zgarishlar haqida tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, oldinroq xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi 2020 yilning oxiriga qadar 5tagacha o'zgarish amalga oshirishga ruxsat bergandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: premierleague.com