APL. Zinchenko va Alisson kelasi mavsumdan yangi raqamlarda o'ynashadi

Alisher
1 iyul 2019, 15:41
"Manchester Siti" va "Liverpul" futbolchilari Alisson Beker hamda Zinchenko 2019/20 yilgi mavsumdan boshqa raqamlarda to'p tepadigan bo'lishdi.

"Liverpul" posboni Alisson Beker yangi mavsumdan e'tiboran 1-raqam ostida to'p tepadi. Bungacha braziliyalik posbon 13-raqamda harakat qilayotgan edi.

"Manchester Siti"ning o'tgan yilgi kashfiyoti Aleksandr Zinchenko esa 11-raqamni qo'lga kiritdi. U bundan oldin 35-raqamda to'p tepayotgan edi.

Zinchenko yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 5ta assistga erishgan.

Alisson Beker esa 64ta o'yinda harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SquawkaNews