APL. Lyakazettning dubli “Arsenal”ga g'alaba keltirdi

Aslanov Jasurbek
26 sen 2017, 02:12
Angliya Premer-ligasining 6-turida Londonning “Arsenal” klubi o'z maydonida muhim g'alabaga erishdi.

London shahridagi “Emireyts - Eshberton Grouv” stadionida “Vest Bromvich Albion”ni qabul qilgan “Arsenal” 2:0 hisobida zafar quchdi. Har ikkala gol Aleksandr Lyakazett hisobiga yozildi.

Ushbu g'alabadan so'ng “Arsenal” 10 ochko bilan 7-o'rinni egallab turibdi.  “Vest Bromvich Albion” esa 8 ochko bilan 12-pog'onadan joy olgan.

Angliya chempionati. 6-tur

Arsenal – Vest Bromvich 2:0 (1:0, 1:0)

26 sentyabr, 00.00, “Emireyts” stadioni

Gollar: 1:0 – 20 Lyakazett, 2:0 – 67, penalti Lyakazett.

“Arsenal” – Chex, Koselni, Mustafi, Monreal, Belerin, El-Nenni, Jaka, Kolashinac, Remzi (Meytlend-Naylz, 90), Sanches (Ozil, 83), Lyakazett (Jiru, 83).

“Vest Bromvich” – Foster, Douson, Xegazi, Evans, Nom (Fillips, 74), Livermor (Morrison, 63), Krixovyak, Berri, Gibbs, Rodriges, Robson-Kanu (Rondon, 64).

Ogohlantirishlar: Evans (35), Sanches (44), Douson (49), Krixovyak (56), Nom (67).


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif