APL klubi bazasi koronavirus tufayli yopildi

Eldor Akmurzayev
7 yanv 2021, 20:15
Bu haqda “Aston Villa” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, klubda koronavirus bilan bog'liq holatlar keskin ortgani tufayli mashg'ulot bazasi yopib qo'yildi. Jamoa Angliya Kubogi 1/32 bosqichi doirasida 8 yanvar kuni “Liverpul”ga qarshi o'ynashi kerak edi.

“Aston Villa” bergan bayonot bo'yicha, COVID-19 uchun topshirilgan ilk test natijalaridan so'ng, futbolchilar va klub xodimlari orasida virusni ko'pchilik yuqtirgani ma'lum bo'ldi. Ularni izolyaciyaga olishdi. Ikkinchi sinovdan so'ng esa yangi holatlar aniqlandi.

Klub shifokorlar, Angliya futbol assotsiatsiyasi va APL vakillari bilan muntazam aloqada.

Birmengemliklar chempionat 17-turidan keyin 26 ochko to'plagan holda 8-o'rinda bormoqda. Qayd etish joiz, jamoa hisobida 2 ta zaxira o'yini ham bor.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/AVFCOfficial