APL klubi Ashraf Xakimiga qiziqmoqda

Alisher
15 iyun 2020, 18:20
"Real" himoyachisi Ashraf Xakimi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Dortmundning "Borussiya" jamoasida ijara asosida o'ynayotgan 21 yoshli o'yinchi "Manchester Siti" qiziqishiga sabab bo'ldi.

"Shaharliklar" so'nggi haftalarda futbolchini xarid qilish bo'yicha izlanishlar olib bordi. Xakimining transferi klubning evrokuboklarda qatnashishni taqiqlovchi qarorga nisbatan berilgan apellyaciyaning javobiga bog'liq.

Agar "Siti"ga CHLda qatnashishga ruxsat berilsa, manchesterliklar Xakimining transferiga ko'proq kuchni tashlaydilar.

Xakimi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 10ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Cadena SER