APL. "Chelsi"dan yirik g'alaba va boshqa natijalar

26 dek 2016, 22:00
Angliya premer ligasining 18-turidan o'rin olgan bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi.


Antonio Konte boshchiligidagi chempionat peshqadami "Chelsi" jamoasi ketma-ket 12-o'yinda g'alaba nashidasini surishdi. Ular bu safar o'z uylarida "Bornmut"ga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi.

"Manchester Yunayted" esa "Old Trafford"da "Sanderlend"ni qabul qildi va ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Zlatan Ibragimovichning ikkita golli uzatmasi va bitta goli Joze Mourinyu shogirdlariga ketma-ket to'rtinchi g'alabani taqdim etdi.

"Arsenal" esa nihoyat g'alaba tamini tatib ko'rdi. Mesut O'zilning to'p uzatishidan so'ng Olive Jiru Londonda mehmon bo'lgan "Vest Bromvich" darvozasini ishg'ol etdi va "kanonirlar" muhim 3 ochkoni qo'lga kiritishdi.

"Lester" esa o'z uyida "Everton"ga yutqazib qo'ydi. Kevin Mirallas va Robert Lukakuning gollari amaldagi chempionni mag'lub bo'lishiga etarli bo'ldi.

"Chelsi" 18-turdan keyin ham turnir jadvalida ishonch bilan peshqadam bo'lib turibdi.


APL, 18-tur.


Suonsi – Vest Xem 1:4 (0:1, 1:3)

Liberti Stedium

Gollar
: 0:1 – 13 Ayyu, 0:2 – 50 Rid, 0:3 – 78 Antonio, 1:3 – 89 Lorente, 1:4 – 90 Kerroll.

Suonsi
– Fabianski, van der Xorn, Ranxel, Mouson, Kingsli, Kork, Britton, Sigurdsson, Fulton (Montero, 46; Dayer, 70), Rautledj, Baston (Lorente, 46).

Vest Xem
– Rendolf, Kressuell, Rid, Ogbonna, Kuyate, Nordtveyt, Antonio (Feguli, 84), Payet, Nobl, Ayyu (Fernandesh, 75), Kerroll (Fletcher, 90).


 
Bernli – Midlsbro 1:0

Terf Mur

Gol
: 1:0 – 80 Grey.

Bernli
– Xiton, Mi, Uord, Flanagan, Kin, Arfild (Gudmundsson, 77), Marni (Defur, 75), Xendrik, Boyd, Grey, Barns (Vouks, 66).

Midlsbro
– Valdes, Chembers, Fabio, Barragan, Gibson, Forshou, Kleyton, de Ron (Frend, 87), Ramires, Stuani (Traore, 86), Negredo.

Ogohlantirishlar
: de Ron (2), Boyd (21), Ramires (31), Mi (42), Barragan (45), Flanagan (53), Uord (65), Grey (73), Fabio (80), Xendrik (85).


 
Arsenal – Vest Bromvich 1:0

Emireyts

Gol
: 1:0 – 86 Jiru.

Arsenal
– Chex, Gabriel, Gibbs (Monreal, 71), Belerin, Koselni, Ozil, Djaka, Sanches, Koklen (Remzi, 74), Ivobi (Peres, 71), Jiru.

Vest Bromvich
– Foster, Makoli, Nom, Douson, Evans, Yakob, Fletcher, Shadli (Makkleyn, 62), Fillips, Brant, Rondon (Robson-Kanu, 80).

Ogohlantirishlar
: Jiru (42), Gibbs (65), Foster (83), Remzi (88).


 
Manchester Yunayted – Sanderlend 3:1

Old Trafford

Gollar
: 1:0 – 39 Blind, 2:0 – 82 Ibragimovich, 3:0 – 86 Mxitaryan, 3:1 – 90 Borini.

Manchester Yunayted
– De Xea, Valensiya, Djons, Roxo, Blind, Kerrik, Errera (Fellayni, 84), Mata (Marsyal, 74), Pogba, Lingard (Mxitaryan, 62), Ibragimovich.

Sanderlend
– Pikford, Djons, Djilobodji, van Anxolt, Denayer, Larsson (Xazri, 83), Ndong (Lav, 86), Kone, Defo, Borini, Anichebe.

Ogohlantirishlar
: Blind (19), Borini (61), Kone (90).

 

Chelsi – Bornmut 3:0 (1:0, 2:0)

Stemford Bridj

Gollar
: 1:0 – 24 Pedro, 2:0 – 49, penalti Azar, 3:0 – 90 Pedro.

Chelsi
– Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Pedro, Fabregas, Villian (Chaloba, 83), Matich, Azar (Batshuayi, 90), Mozes (Ayna, 90).

Bornmut
– Boruc, Smit (Ayb, 77), Kuk, Deniels, Smit, Uilsher, Gosling, Serman (Stanislas, 66), Arter, King (Afobe, 66), Frensis.

Ogohlantirishlar
: Uilsher (14), Pedro (63).

 

Lester – Everton 0:2

King Pauer

Gollar
: 0:1 – 51 Miralyas, 0:2 – 90 Lukaku.

Lester
– Shmeyxel, Morgan, Chiluell, Simpson, Vasilevski, Grey (Uloa, 65), King (Marez, 64), Amarti, Olbrayton, Slimani, Okadzaki (Drinkuoter, 46).

Everton
– Robles, Uilyams, Funes Mori, Beyns, Xolgeyt, Lennon (Kleverli, 88), Guye, Miralyas (Barkli, 76), Berri (Devis, 68), Koulmen, Lukaku.

Ogohlantirishlar
: Simpson (79), Drinkuoter (85).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia