APL. Lempardning “Chelsi”si Anchelotti jamoasini tor-mor keltirdi

Eldor Akmurzayev
8 mar 2020, 20:50
Angliya chempionati 29-turi doirasidagi bahs yakunlandi.

To'liq mezbonlarning ustunligi ostida o'tgan bahsda 4:0 natijasi bilan “aristokratlar” muvaffaqiyat qozondi. Maydon egalari safida Meyson Maunt, Pedro, Villian hamda Olive Jiru o'z nomlarini tabloga yozdirishdi.

"Chelsi" mazkur muvaffaqiyatdan keyin ochkolari sonini 48taga etkazib, jadvalda 4-o'rinda bormoqda. "Everton" esa 37 ochko bilan 12-pog'onada turibdi.

Chelsi – Everton 4:0

Stemford Brij

Gollar: 1:0 – 14 Maunt, 2:0 – 21 Pedro, 3:0 – 51 Villian, 4:0 – 54 Jiru.

Chelsi – Arrisabalaga, Alonso, Aspilikueta, Zuma, Ryudiger, Maunt (Djeyms, 60), Gilmor, Villian (Andjorin, 71), Barkli, Pedro, Jiru (Broya, 86).

Everton – Pikford, Xolgeyt, Kin, Sidibe, Din, Bernard (Uolkott, 46), Andre Gomesh, Devis (Kin, 58), Sigurdsson, Risharlison, Kelvert-Lyuin (Gordon, 76).

Ogohlantirishlar: Andre Gomesh (53), Zuma (82), Xolgeyt (90).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia