APL. Baychetich – “Liverpul”da gol urgan yoshi eng kichik uchinchi futbolchi

Eldor Akmurzayev
27 dek 2022, 09:15
Angliya chempionati 17-turida “Liverpul” safarda “Aston Villa” ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi.

79-daqiqda zaxiradan bahsga qo'shilgan Stefan Baychetich 2 daqiqada o'tar-o'tmas raqib darvozasini ishg'ol etdi. U mersisaydliklar safida APL doirasidagi o'yinda gol urgan yoshi eng kichik uchinchi futbolchiga aylandi – 18 yosh-u, 65 kunlik.

Bu borada ispaniyalik himoyachidan oldinda Maykl Ouen (17 yosh-u, 43 kunlik) va Rahim Sterling (17 yosh-u, 317 kunlik) bor. Baychetich 2021 yil boshida “Selta”dan “qizillar” safiga kelib qo'shilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Gracenote Live