APL. 15-turning dastlabki ikki uchrashuvi yakunlandi

4 dek 2019, 03:25
Pep Gvardiola shogirdlari yirik hisobda g'alaba qozonishdi.

"Manchester Siti" klubi APL 15-turi doirasida "Byornli" maydonidan yirik hisobdagi g'alaba bilan qaytgan bo'lsa, bir kishi kam bo'lib qolgan "Kristal Pelas" o'z uyida iroda ko'rsatib "Bornmut"ni mag'lub etdi. Mazkur uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar bilan quyida batafsilroq tanishib olishingiz mumkin.

Kristal Pelas – Bornmut 1:0 

4 dekabr, 00.30, Selxerst Park

Gol:

1:0 – 76 Shlupp.

Kristal Pelas – Guaita, Kelli, Tomkins, Sako, van Anxolt (Shlupp, 29), Taunsend (Makkarti, 46), Milivoevich, Kuyate, Makartur, Zaa, Ayyu.

Bornmut – Remsdeyl, Ake, Smit, Riko (Frensis, 64), Mifem, Lerma, Billing (Kuk, 82), Uilson, Dandjuma (Freyzer, 64), Solanke, Uilson.

Ogohlantirishlar:

Solanke (63), Lerma (68), Milivoevich (71), Makkarti (72), Billing (78), Makartur (85).

Chetlatish:

Sako (19).

 

Byornli – Manchester Siti 1:4

4 dekabr, 01.15, Terf Mur

Gollar:

0:1 – 24 Gabriel Jezus, 0:2 – 50 Gabriel Jezus, 0:3 – 68 Rodri Ernandes, 0:4 – 87 Marez, 1:4 – 89 Breydi.

Byornli – Poup, Bardsli, Tarkovski, Mi, Piters, Kork, Drinkuoter (Barns, 59), Xendrik, Lennon, Maknil (Breydi, 75), Vud (Rodriges, 59).

Manchester Siti – Ederson, Anxelino, Otamendi, Uoker, Fernandino (Erik Garsiya, 85), Silva, Rodri Ernandes, Bernardu Silva, de Bryuyne (Foden, 80), Sterling (Marez, 72), Gabriel Jezus.

Ogohlantirishlar:

Bernardu Silva (15), Xendrik (86).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia