Anzur Ismoilov jamoasi "Shanxay SIPG"ni mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2017, 14:42
Xitoy chempionatining 16-turida "Chanchun Yatay" "Shanxay SIPG"ni qabul qildi.

Bahs gollarga boy o'tdi. O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov to'p tepadigan "Chanchun Yatay" birinchi bo'limni 3:0 hisobida yakunladi. Xalk, Oskarsiz o'ynagan mehmonlar ikkinchi bo'limda raqib darvozasini ikki marotaba nishonga olishdi. Milliy terma jamoamizning ikki futbolchisi Anzur Ismoilov va Odil Ahmedovlar bahsni to'liq o'tkazishdi.


"Chanchun Yatay" - "Shanxay SIPG" 4:2

Gollar: Xusti 22 (pen.), Jiang 26, Tan 29, Igalo 58 - Jang Ksyaofey 54 (avtogol), Shenglong Li.

Xitoy chempionati turnir jadvali bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia