Anzur Ismoilov: "Eng muhimi, uch ochkoni qo'lga kirita oldik"

Narzulla Saydullayev
28 mar 2017, 20:02
Anzur Ismoilov Qatarga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng (1:0) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"O'yin juda qiyin bo'ldi. Bundan oldingi o'yinda mag'lubiyatga uchragan edik. Bugun g'alaba qozonishimiz shart edi. Shuningdek, o'z maydonimizda muxlislarimiz ham bizga kuch berishdi.

Eng muhimi, uch ochkoni qo'lga kirita oldik.

Suriya bilan o'yin? U yerda ham g'alaba qozonish istagida edik. Afsuski, omad o'sha kuni bizdan yuz o'girdi.

Keyingi o'yinlarda ham faqat va faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz", - deydi Anzur Ismoilov SportTvga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia