
Jamoa bosh murabbiyi Lui van Gaalning aytishicha, futbolchining eski jarohati qaytalab qolgan.
"Uning tizzasidagi jarohati yana qaytalab qoldi. U o'z imkoniyatlarini yaxshi biladi va shu sababli almashtirilishini iltimos qildi. Balki, barchasi tezda o'tib ketar. Anig'ini mutahassislar tekshiruvidan keyin bilib olamiz", - deydi murabbiy.