Anvar Berdiev bugun “Andijon” safida debyut qiladi

Narzulla Saydullayev
22 avg 2015, 13:13
Xabaringiz bor, ikkinchi davrada “Andijon” tarkibiga tajribali hujumchi Anvar Berdiev qo'shilgandi.

Ammo hujumchi tibbiy ko'rikdan o'ta olmay davolanish bilan band edi.

Nihoyat, bugun Berdiev “Andijon” safida debyut o'yinini o'tkazishi mumkin. Chunki hujumchiga o'ynashga ruxsat berildi. U bugun “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi maydonga tushishi mumkin. Eslatib o'tamiz, Berdiev bungacha uchta o'yinni o'tkazib yuborgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia