Antonio Konte: "Terma jamoadagi kayfiyat va muhit menga yoqmoqda"

7 iyun 2016, 05:00
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte Finlyandiyaga qarshi o'rtoqlik bellashuvidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Biz ishlashda davom etamiz. O'yindan-o'yinga tayyor holatga tushib borishimiz lozim. Jamoamiz o'tkazilgan ikkita o'rtoqlik bahsida g'alaba qozondi. Belgiyaga qarshi uchrashuvga esa bir hafta vaqt qoldi. Bu vaqt mobaynida jamoaviy o'yin tezligi va taktik jihatlarga e'tibor qaratib, ular ustida ishlaymiz. Shuni bemalol aytishim mumkinki, terma jamoada ajoyib futbolchilar yig'ilishgan. Bu kabi musobaqada kiyinish xonasida jamoaning kayfiyatiga ko'p narsa bog'liq bo'ladi. Hozircha menga jamoa kayfiyati, muhit yoqmoqda. Umid qilamanki, biz kerakli natijaga erishamiz. Bu men uchun emas, futbolchilarning o'zlari uchun ahamiyatli. Biz etarlicha vaziyatlar sodir etmoqdamiz. Ammo yaqqol vaziyatlardan ko'ra qiyinroq pallada gol kiritmoqdamiz. Lekin men futbolchilarga etiroz bildira olmayman. Ular juda katta kuch bilan mehnat qilishmoqda va maydonda borlarini berib jon kuydirishmoqda. Biz asta-sekin o'yindan-o'yinga yangi maqsadlar sari odimlashimiz kerak. Hozirdanoq oldimizda aniq bir maqsad qo'yish shart emas. Qaergacha borishimizni o'shanda ko'ramiz. Muhimi, Yevropa chempionatini afsuslanmasdan yakunlashimiz lozim.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter/azurri