Antonio Konte Batshuayini ijaraga bermoqchi emas

Tolibjon Qosimov
27 dek 2016
Chelsi bosh murabbiyi Antonio Konte hujumchi Mishi Batshuayini jamoadan ketkazish niyati yo'qligini aytib o'tdi.

"Yo'q, yo'q va yana yo'q. Yana takrorlayman, u "Chelsi" uchun yangi futbolchi va uning ijaraga kyetishi klub uchun ham, men uchun ham mag'lubiyatga teng bo'ladi. Mishini yaxshi futbolchi deb hisoblayman. U hali yosh va ligaga ko'nikib olishi kerak.

Mishi kelajakda albatta o'z imkoniyatiga ega bo'ladi. Biz u bilan ishlashda davom etishimiz lozim", - deydi italiyalik murabbiy.


Eslatib o'tamiz, avvalroq Batshuayining "Vest Xem"ga ijaraga berilishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.

Angliya futboli haqida yangiliklar TVITTYERDA - https://twitter.com/Uz_APL

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: chelseanews.ru