Angliyaning Germaniya va Braziliyaga qarshi o'yinlar uchun tarkibi + FOTO

Tolibjon Qosimov
3 noya 2017, 11:31
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt jamoaga chaqirilgan 25 futbolchi nomini e'lon qildi.

Inglizlar 10 noyabrda Germaniya bilan, 14 noyabrda esa Braziliya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi.

Angliya terma jamoasiga taklif etilganlar:

Darvozabonlar: Jek Batlend ("Stok Siti"), Jo Xart ("Vest Xem"), Jordan Pikford ("Everton");

Himoyachilar: Jon Stouns, Kayl Uoker (ikkisi - "Manchester Siti"), Denni Rouz, Kiran Tripper (ikkisi - "Tottenxem"), Fil Jons, Eshli Yang (ikkisi - "Manchester Yunayted"), Rayan Bertrand ("Sautgempton"), Gari Kexill ("Chelsi"), Garri Maguayr ("Lester"), Jozef Gomes ("Liverpul");

Yarim himoyachilar: Fabian Delf ("Manchester Siti"), Erik Dayer, Garri Uinks, Dele Alli (hammasi - "Tottenxem"), Jordan Xenderson ("Liverpul"), Jessi Lingard ("Manchester Yunayted"), Ruben Loftus-Chik ("Kristal Pelas");

Hujumchilar: Raxim Sterling ("Manchester Siti"), Temmi Abraxam ("Suonsi"), Xarri Keyn ("Tottenxem"), Markus Reshford ("Manchester Yunayted"), Jeymi Vardi ("Lester").


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: thefa.com