Angliya beshta o'zgarish qoidasiga qaytishi kutilmoqda

Eldor Akmurzayev
17 noya 2020
Chempionship vakillari uchrashuvlar davomida 5 ta o'zgarishni amalga oshirishi mumkin.

2-divizion klublarining aksariyat vakillari almashtirishlar soni oshirilishi tarafdori bo'lmoqda.

The Telegraph yozishicha, ushbu qoida 27 noyabrdan Chempionshipda o'z kuchiga kiradi va bu Premer Ligada ham qo'llash yo qo'llanmasligi hozircha noma'lum.

Avvalroq, Yurgen Klopp, Xosep Gvardiola, Ole Gunnar Sulsher va Garet Sautgeyt ushbu qoidani APLga qaytarish kerakligini talab qilishgandi.

Millatlar Ligasi doirasidagi Belgiyaga uchralgan mag'lubiyatdan keyin Sautgeyt futbol rahbarlarini o'yinchilar ko'proq jarohat olishini xohlayotganlikda ayblagandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Telegraph