Anelka: "Men Domenekni hurmat qilmayman"

Tolibjon Qosimov
4 apr 2014, 11:22
Nikolya Anelka hamon Raymon Domenek bilan munosabatlari yomon ekanini aytib o'tdi.
Ular JCH-2010dan oldin janjallashib qolishgandi.

"JARdagi mundialda kim aybdor bo'lganini barcha biladi. Ha men Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyini haqorat qilgandim.

U g'alaba nimaligini bilmaydi, men uni hurmat qilmayman. Anchelotti yoki boshqa kuchli murabbiylar bilan ishlagach Domenekning uslublariga tushunmaysiz. Uni haqorat qilgandim, kerak bo'lsa yana shunday qilaman", - deydi Anelka.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru