Andre Villash-Boash: Chelsi bilan durang – adolatli natija

Narzulla Saydullayev
28 sen 2013, 22:23
Tottenxem ustozi Andre Villash-Boash APL 6-turidan o'rin olgan Chelsiga qarshi o'yindan (1:1) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
O'ylashimcha, bu adolatli natija. Ikkinchi bo'limda o'zimiz istaganchalik yaxshi o'ynay olmadik. Raqib standart vaziyatidan foydalanib qoldi.

Ikkala jamoada ham g'alaba qozonish uchun imkoniyatlar bo'ldgandi, ammo natija tabloda. Birinchi bo'lim oxirida hisobni 2:0 qila olganimizda o'yin taqdiri hal bo'lardi. Bu natija Tottenxemdan ko'ra Chelsiga ko'proq foydali, – deydi Villash-Boash.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru