"Andijon"ga Sergey Shevchenko kelishi mumkin!

Nadirkhuja Yuldashev
24 iyun 2014, 12:20
Bugun olgan so'nggi ma'lumotlarimizga ko'ra Sergey Shevchenko 5 iyul kuni Toshkentga uchib keladi.
"Andijon" jamoasi rahbariyati bu murabbiy bilan muzokara o'tkazishi kutilyapti. Tachmurod Agamurodov rahbariyat bilan uchrashdi. Ammo yakunda u bilan shartnoma imzolash haqida gap bo'lmagan.

Eslatib o'tamiz, Sergey Shevchenko 1997-1999 yillarda "Andijon"da faoliyat olib borgan. 2000 yilda esa "Qizilqum"ni uchinchi o'ringa olib chiqa olgan edi. Voqealar rivojini kuzatamiz.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia