"Andijon" tarixda ilk bor "Paxtakor"ni Toshkentda engdi

Sherzod Nurmatov
13 apr 2025
Superliga 5-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Andijon" qarama-qarshiligi nihoyasiga etdi.

Unda "burgutlar" safarda "sherlar"ni 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. E'tiborlisi, "Andijon" o'z tarixida birinchi marta Toshkentda "Paxtakor"ni yutishni uddaladi.

Bundan tashqari, "Andijon" 26 yillik tanaffusdan so'ng "Paxtakor" darvozasiga 3 marta yo'l topdi. Andijonliklar oxirgi marta 1999 yilgi Oliy liga ikkinchi davrasida "Paxtakor" darvozasiga 3 ta to'p kiritishga erishgandi (3:3). 

Ma'lumot uchun, bugungi bahsdan keyin "Andijon" 9 ochko bilan 4-o'ringa chiqib olgan bo'lsa, "Paxtakor" 3 ochko bilan 13-pog'onadan joy oldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia