"Andijon" Rossiya klubi bilan durang o'ynadi

Omonjon To`xtamirzayev
15 fev 2023, 15:10
Superligaga qaytgan "Andijon" futbol klubi mavsumga Turkiyada tayyorlanayotgani haqida xabar bergandik.

Hozirgina Rossiya birinchi divizion ishtirokchisi Moskvaning “Rodina” klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi.

Teng kurashlar ostida o'tgan bahsda hisob ochilmadi.

Eslatib o'tamiz, bugun Xomyakov shogirdlari yana bir nazorat bahsini o'tkazishlari rejalashtirilgan. Unda hamyurtlarimizga Moldavaning “Petrokub” jamoasi raqiblik qiladi.

O'rtoqlik o'yini

15.02.2023

"Andijon" - "Rodina" (Rossiya) 0:0

"Andijon": Eldor Adhamov, Islom Mamatkazin, Vladimir Bubanya, Abdurahmon Komilov, Ilhom Alijonov, Farhod Bekmurodov (Muhammadkarim Toirov), Sardor Abdunabiev (Asilbek Aysarov), Nodari Kavtaradze, Ilhom Abdug'aniev, Suhrob Berdiev (Farhod Sohibjonov), Izzat Abdulhaqov.

"Rodina": Daniel Barinov, Aleksandr Kleshinko, Vladimir Rikov, Maksim Karaev, Artyom Voropaev, Sergey Dmitriev, Kiril Kolesnichenko, Mixail Malsov, Nikita Tarapitin, Ivan Timoshenko, Ilya Petuxov.

Ogohlantirishlar: A.Komilov, I.Abdug'aniev

Chetlatish: Ilya Petuxov

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia