

Jumladan 26 iyul kuni Andijondagi Bo'ston dahasida joylashgan "Andijon" klubi qoshidagi futbol maktabi stadionida Usmon Toshev shogirdlari "Norin" jamoasi bilan bellashdi.
Qiziqarli va gollarga boy tarzda kechgan o'yinda maydon egalari 6:1 hisobida g'alaba qozondilar.
Uchrashuvda Anvar Berdiev dublga erishgan bo'lsa, Oybek Nurmatov, Sobir Hamidov, Shaxboz Jumaboev hamda Alisher Abduvohidov o'z hisoblariga bittadan gol yozib qo'ydilar.
"Andijon" tarkibi: Akmal Ortikov, Hamza Karimov, Siroj Hamroev, Ravshan Aslanov, Abdulaziz Yoqubov, Ibrohim Otaxonov, Jahongir Maqsudov, Akmal Xolmatov, Oybek Nurmatov, Sobir Hamidov, Anvar Berdiev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Eldor Isaboev, Furqat Hasanboev, Firdavs Asadov, Rafik karimov, Maqsud Mahmudov, Dilmurod Mahmudov, Farxod Bekmurodov, Farrux Bekmurodov, Qahramon Muhammadjonov, Shaxboz Jumaboev, Alisher Abduvoxidov, Avaz Olimjonov, Baxtiyor Qosimov.
"Andijon" matbuot xizmati



