"Andijon": “Nasaf” bilan o'yinga tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
14 sen 2016, 14:18
Xabaringiz bo'lsa kerak, oliy liganing navbatdagi turida "Andijon" “Nasaf” bilan to'qnash keladi.

“So'g'diyona” bilan o'yindan keyin jamoa a'zolari kecha o'z qarorgohda yig'ildi va navbatdagi bahsga tayyorgarlikni boshladi.

Eslatib o'tamiz, “ajdarlar”ga qarshi uchrashuv 17 sentyabr kuni “Sog'lom avlod” stadionida soat 17:00da boshlanadi. Bir kun oldin esa yoshlar ligasidan o'rin olgan bahs Oltinko'l tumanidagi “Markaziy” stadionda soat 16:00da start oladi.

Har ikki uchrashuvga ham muxlislarni taklif etib qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcandijon.uz