Anchelottining "Real"dagi taqdiri "Arsenal"ga bog'liq

Omonjon To`xtamirzayev
8 apr 2025, 11:41
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yozda jamoani tark etishi mumkin.

"Qaymoqranglilar" bilan 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnomaga qaramay, jamoa Chempionlar Ligasida Londonning "Arsenal" klubiga yutqazib qo'ysa, murabbiy bilan hamkorlik to'xtatiladi.

Manbaning xabariga ko'ra, inglizlarga mag'lub bo'lingan taqdirda Anchelotti Braziliya terma jamoasiga yo'l oladi. O'z navbatida, yangi mavsumda "Real"ni "Bayer" bosh murabbiyi bo'lib turgan Xabi Alonso boshqaradi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fr.sports.yahoo.com