Anchelotti: "Real" ertaga yaxshi o'yin ko'rsatadi, axir bu Chempionlar Ligasi"

Aziz Tukhtamuradov
17 mar 2014, 20:10
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 1/8 final javob o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Ertaga, 18 mart kuni "Real" - "Shalke-04" o'yini bo'lib o'tadi.

Gelzenkirxendagi dastlabki o'yinda madridliklar 6:1 xisobida g'alaba qozonishgan edi.

"Ertaga biz nima bo'lganda xam yaxshi o'yin ko'rsatishimiz zarur, axir bu Chempionlar Ligasi. Biz raqibimizni xurmat qilamiz.

Primeroda bizda bir oz ustunlik bor. Lekin, Ispaniya kubogi va Chempionlar Ligasi boshqa-boshqa turnirlar", - deb aytib o'tdi Anchelotti UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: uefa.com