Anchelotti murabbiylik faoliyatidagi eng yirik mag'lubiyatni qabul qildi

Eldor Akmurzayev
23 may 2021, 22:50
Angliya chempionati oxirgi turida “Everton” safarda “Man Siti”ga 0:5 hisobida yutqazdi.

Bu Karlo Anchelottining murabbiylik faoliyatidagi eng yirik mag'lubiyat sifatida yozildi. Bugungacha uning boshqaruvidagi jamoalar 1166 ta o'yin o'tkazib, beshta to'p farqi bilan taslim bo'lmagandi.

Italiyalik mutaxassis “Yuventus”, “Milan”, “Bavariya”, PSJ, “Real”, "Chelsi", "Napoli" va boshqa jamoalarda ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta Sports