

"Klub apellyaciya berdi. Liga jazolashni oshirib yubordi deb hisoblaymiz. Jud bazida hakamlarning fikriga qo'shilmasligi va bahslashishi mumkin, ammo ko'plar shunday qiladi. Hattoki bazida buni Bellingem qilganidan ham faolroq qilishadi", - deydi italyan murabbiyi.
Bellingem bosh hakam bilan bahslashgani uchun "Valensiya" (2:2) bilan o'yinda chetlatildi. Angliyalik bu uchun La Liganing ikkita o'yiniga diskvalifikaciya qilindi.
Jud joriy mavsum La Liga doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 3ta assist qayd etdi.



