Anchelotti 1 million evro soliq to'lamaganlikda ayblanmoqda

Mirjalol Normatov
22 iyun 2020, 19:40
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelottida yuridik muammolar paydo bo'ldi.

Ispaniya prokuraturasi 61 yoshli italiyalikni 1 million evro miqdorida soliq to'lamaganlikda ayblamoqda.

Gap shundaki, murabbiy 2014-15 yillarda "Real"da ishlab yurgan paytlarida imij huquqlari asosida keladigan foydadan soliq to'lashi kerak bo'lgan.

Madrid prokuraturasi Anchelottini ushbu foydani hukumatdan yashirganlikda ayblamoqda.

Italiyalik murabbiy 2013-2015 yillar davomida "Real"ni boshqargan. Uning qo'l ostida jamoa 2014 yili Ispaniya Kubogi, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi hamda klublar o'rtasidagi JCH sovrinini qo'lga kiritgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal