Allegri: "Tan olish kerak, egallab turgan o'rnimizga mosmiz"

Mirjalol Normatov
28 noya 2021, 13:10
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Atalanta"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin jamoaning samaradorligi pasayib ketganini aytdi.

"Tan olish kerak, turnir jadvalida egallab turgan o'rnimizga mos o'yin ko'rsatyapmiz. Bizda bosim juda yuqori. Qachonki bu pasaysa xotirjam ishlashimiz va maksimal foyda chiqarishimiz mumkin.

Juda kam gol uryapmiz. Tarkibimizda Dibala, Morata, Keza, Makkenni kabi futbolchilar bor. Ular o'zlarini yo'qotib qo'ymasligi kerak", - dedi Allegri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport